Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UChKO’PRIK TUMANI HOKIMINING TADBIRKORLARGA MUROJAATI

 2019-11-23 16:30:24    1163

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli tadbirkorlar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasi mustahkamlanib, ushbu soha vakillarini har taraflama qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Soha rivojiga to’siq bo’luvchi ko’plab omillar bartaraf etildi. Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish va tekshirishlar olib borish taqiqlandi. Tadbirkorlikni davlat ro’yxatidan o’tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko’plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil (Biznes-ombudsman) instituti joriy qilindi.

Hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko’maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari hamda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tashkil etildi.

Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch nuqtasiga aylangan xususiy sektorning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Shahar va qishloqlarimizning chiroyi, ijtimoiy sohalarning rivojlanib borishi va takomillashuvi, odamlar hayotining farovonlashuvi – bularning hammasida Siz, aziz tadbirkorlarning hissangiz katta. Siz to’layotgan soliqlar tufayli mamlakat byudjeti o’sib boryapti va bu mablag’lar Vatan ravnaqi, xalq farovonligiga yo’naltirilmoqda.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan  3337 ta tadbikorlik sub’ektlari faoliyati natijasida 9 ming nafardan ortiq tumandoshlarimiz bandligi ta’minlanib, xonadonlariga rizq-ro’z kirmoqda.

Sizlarning ishbilarmonlik qobiliyatingiz chet el investittsiyalarini jalb qilayotganinggiz natijasida bugun tumanimizda import o’rnini bosuvchi va eksportbop sanoat, qishloq xo’jaligi hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish xajmi ortmoqda.

 

O’z navbatida, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Binobarin, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”. Tadbirkorlik rivojlanishi natijasida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari o’z echimini topadi.

Demak, bizning asosiy vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashda bu soha hissasini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat.

Davlatimiz rahbari boshchiligida 7 noyabr kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishi ham tadbirkorlarimiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Endilikda tadbirkorlar jamiyatda eng asosiy etakchi kuchga aylanib, barcha mahalliy davlat idoralari faoliyatiga baho berish hamda ularning faoliyati, eng avvalo, tadbirkorlarning manfaatlariga xizmat qilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati o’rnatiladi.

Qadrli do’stlar!

Qadim-qadimdan xalqimiz ziyoli va tadbirkor bo’lgan. Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko’ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi 1836 nafar fuqarolarga 

30 641 mln.so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Tikuvchilik, chorvachilik, yog’ochsozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan o’nlab oilalar elga tanildi. Ularda “Ustoz-shogird” loyihasi doirasida ko’plab yosh yigit-qizlarimiz hunar o’rganmoqda.

Natijada yuzlab muhtoj oilalarda uy mehnati, kasanachilik va boshqa turdagi tadbirkorlik tashkil etildi. O’z navbatida shu yo’l bilan oilalarning qo’shimcha daromad manbai yaratildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, biz asosiy e’tiborni kafolatlangan ish o’rni tashkil etadigan va yalpi ichki mahsulot hajmi oshishiga ta’sir ko’rsatadigan tadbirkorlik su

 

Xuch MirkomilAka, [23.11.19 16:13]

[Forwarded from Xursanbek]

b’ektlarini qo’llab-quvvatlashga qaratamiz.

Aziz uchko’prikliklar!

Sizning faoliyatingizni rivojlantirish, samaradorligini oshirish, yangi ishchi o’rinlar yaratish borasidagi harakatlaringizni qo’llab-quvvatlash uchun tumanimizdagi 4 ta sektor rahbarlari hamda barcha darajadagi rahbarlarning kichik biznes sohasini rivojlantirish borasidagi ish uslubi tubdan o’zgartirilmoqda.

Tumanimizda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tashkil etilgan bo’lib, tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud muammolarni o’rganib boruvchi doimiy Shtablar faoliyati yo’lga qo’yildi.

Shu kunga qadar tumandagi Bosh vazir qabulxonasiga kredit, bino va er ajratish masalalarida tushgan 59 ta muammoli masalalar ijobiy hal etildi.

Tadbirkorlar duch keladigan muammolardan yana biri ularga er-mulk ajratish bilan bog’liq. Muammo echimi yo’lida qo’yilgan dastlabki qadamlardan biri shuki, tumanimizda bo’sh er uchastkalari elektron auktsion savdoga chiqarilmoqda. Shu yilning o’zida 0,85 gektar 20 ta bo’sh er uchastkalari elektron auktsion savdoga joylashtirildi.

Ma’lumki, shu kungacha tadbirkorga kredit ajratilishi masalasida banklar o’zining viloyat, respublika rahbariyati xulosa va tasdig’ini olishi zarur edi. Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlari asosida bundan buyon viloyat, respublika banklari vakolatlarini tuman, shahar banklariga berish yo’li bilan ortiqcha qog’ozbozlik va sarsongarchiliklarga barham beriladi.

Bugungi kunda tumanimizda 5 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Yil yakuniga qadar ularning sonini 7 taga etkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilmoqdamiz. Siz aziz tadbirkorlarga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, har biringiz ana shu qo’shma korxonalarning muassislaridan biri bo’lish imkoniyatingiz bor. Tumanimizga Xitoy, Turkiya va boshqa ko’plab davlatlardan kelayotgan sarmoyadorlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yib, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari bunyod etishingizni hamisha quvvatlaymiz.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, shaxsan mendan tortib, barcha sektor rahbarlari, xizmat ko’rsatish idoralari, xatto jamoat tashkilotlari ham tadbirkorga xizmat qiladilar. Har bir idoraning kun tartibida ustuvor masala - tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini hal qilish bo’ladi.

Bundan buyon tadbirkorlar jamiyatda eng asosiy etakchi kuch ekanini his qilishi lozim. Barcha mahalliy davlat idoralari faoliyatiga baho berishda ular eng avvalo, tadbirkorlar manfaatiga qanday xizmat qilayotganiga qaraladi. Ularning bu boradagi faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati o’rnatiladi.

Aziz hamyurtlar!

Tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan fuqarolarimizning biznes g’oyalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz. Har bir loyiha shaxsiy nazoratimiz ostida bo’ladi. Loyihani ishlab chiqishdan to uni amalga oshirishgacha bo’lgan barcha jarayonda bevosita ko’mak berish birinchi galdagi vazifamizdir.

Bir narsani anglashimiz kerak: Sizning loyihangiz - tumanimizning ertangi kelajagi va aholimiz farovonligining kafolatidir. Siz tufayli tumanda ishsizlik qisqaradi, daromadlar oshadi, oilalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz turmushidan minnatdor bo’lib, o’z yurtida halovat topadi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko’rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, er uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to’siqlarni bartaraf etish choralari ko’riladi.

 

Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning so’zlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.

Bizning asosiy faoliyatimiz - elu yurt ravnaqi, mamlakatimiz iqtisodiy farovonligi, aholining bandligi va ro’zg’origa baraka kiritayotgan qadrdonlarimiz - tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga qaratiladi. 50 foiz ish vaqtimizni yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etish va faoliyatini vaqtincha to’xtatgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashabbuslarini o’z vaqtida amalga oshirishga,

 

Xuch MirkomilAka, [23.11.19 16:13]

[Forwarded from Xursanbek]

ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o’rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish yo’lida sarflaymiz.

Qadrli tadbirkorlar!

Mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, tumandagi katta tajribaga ega bo’lgan, tadbirkorlik sohasida ko’p yillar davomida mehnat qilib etarlicha ko’nikmalarga ega bo’lgan tadbirkorlarning takliflarini umumlashtirib, shuningdek o’tgan davr mobaynida tumandagi Bosh vazir qabulxonasiga tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni chuqur tahlil qilib, unda ko’tarilgan masalalarni inobatga olgan holda tumanimiz tadbirkorlariga quyidagilarni ma’lum qilaman:

- kelgusida hamma narsa, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining barcha sa’y-harakatlari faqat tadbirkorlar uchun bo’lishi ta’minlanadi;

- bundan buyon tadbirkorlarga va ularning tadbirkorlik faoliyatiga hech qanday to’siqlar bo’lmasligi kafolatlanadi;

- tumandagi barcha rahbarlar tadbirkorlarga yaqindan ko’makchi va hamkorlikda ishlashi ta’minlanadi;

- tuman hokimi hamda sektor rahbarlari har kuni tadbirkorlar va ularning muammolari bilan shug’ullanishi kafolatlanadi;

- maxsus grafik ishlab chiqilgan holda tuman hokimining o’rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi bilan hamkorlikda har bir mahallada muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etadi;

- har bir davlat idoralariga tadbirkorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri hamda tuman Bosh vazir qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida ko’rib chiqib, hal etishni so’zsiz ta’minlash choralari ko’riladi;

- tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish, ruxsatsiz tadbirkorlik mulklariga zarar etkazish va boshqa turdagi g’ayri qonuniy xatti-harakatlar qonuniy javobgarlikka tortilishi kafolatlanadi.

Muhtaram tadbirkorlar!

Prezidentimizning “Ikkita ish o’rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko’taraman” degan so’zlari har biringizga kuch-quvvat bo’lsin.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, tumanning barcha boshqaruv idoralari mas’ullari, men - tuman hokimi sizlarning eng yaqin ko’makdoshingiz va yordamchingiz bo’lamiz, deb kafolat beraman. Butun kuch, bor bilim va tajribangizni tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflang!

Biron bir muammo, taklif tug’ilganida mening va barcha o’rinbosarlarimning eshigi Sizlar uchun hamisha ochiq, telefon orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tadbirkorlarning murojaatlari uchun telefonlar:

 

Tuman hokimi:   73-515-12-40

Tuman prokurori:   73-229-07-52

Tuman IIB boshlig’i:  73-515-24-34

Tuman DSI boshlig’i:  73-515-26-10