Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2020-02-08 15:53:09    1180

PDF yuklash
Chop etish


Tuman ichki ishlar bo‘limi rahbarining tashabbusi bilan hududdagi transport va qurilish kasb-hunar kollejida sektor rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda faqat ushbu sektordagi emas, tumanning barcha hududlaridan yuzdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi umumta’lim maktabida yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar asosida yoshlar fikrlari tinglandi, ularning tashabbus, taklif hamda muammolari o‘rganildi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun madaniy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish, yoshlar bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratish, xususan, sport to‘garaklarini ko‘paytirish yuzasidan qator takliflar, tashabbuslar aytildi. 

Yigit-qizlar bilan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit olish, ishga joylashish kabi masalalarga oid 25 ta murojaat o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan 32 masalaning 23 tasi joyida hal etildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning nafaqat bandligi, balki uy-joy ta’minoti, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘qish-o‘rganish bo‘yicha qiziqishlari haqida ham fikrlashildi. Ularning talab-istaklari tinglanganda bu yo‘nalishda qilinishi zarur ishlar ko‘pligi ayon bo‘ldi va bu masalalar ham mutasaddilarning ish rejasidan o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida yoshlar ishtirokida futbol, voleybol va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari tumanning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.