Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOIYGA EHTIROM – VATANGA, MILLATGA EHTIROM

×

 2020-02-09 16:32:20    1075

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalarida she’riyat mulkining sultoni, buyuk mutafakkir hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Navoiy gulshani” deb nomlangan adabiy tadbir o‘quvchilarning she’riy chiqishlari bilan boshlandi. 

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilrabo Otajonova boshchiligida o‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna ko‘rinishlari, Navoiyning g‘azalu ruboiylari, shoir g‘azallari asosida ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, ijodkor yoshlar mushoirasi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 

34-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi doirasida Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlab “SHe’riyat mulkining sultoni” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hazrat Navoiyning “Hamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Hayrat ul-abror”, “Mezon ul-avzon” “Tarixi muluki Ajam”, “Majolis un-nafois”, “Munshaot”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Nasoim ul-muhabbat”, “Devoni Foniy” kabi bebaho, o‘lmas, betakror, boy va serqirra ijodi nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon xalqlari adabiyotining ham ajralmas bir bo‘lagiga aylangani ta’kidlandi.

Buyuk mutafakkirga ehtirom sifatida madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning g‘azallarini yoddan o‘qib berdilar.

55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham Navoiyning ijodiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Diloromxon Qo‘shaqova, Sanobarxon Boeva tashabbusi bilan tashkillangan tadbir davomida hazrat Alisher Navoiyning asaridan parchalar qo‘yilib, g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiq va she’rlar ijro etildi.

Ta’kidlash kerakki, ona tilimizga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi har birimiz ongu shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib kelgan.

Buyuk mutafakkir bobomiz merosini qanchalik ko‘p targ‘ib etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.