Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGI – MUHOFAZADA

×

 2020-02-03 16:56:09    13

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, onalar va bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, aholining reproduktiv salomatligini muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman prokurori, tibbiyot birlashmasi bosh vrachi va uning o‘rinbosarlari, reproduktiv salomatlik bo‘yicha mas’ul shifokorlar, patronaj hamshiralar, tug‘ruq yoshidagi ayollar va qaynonalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Uchko‘prik tumani xokimi o‘rinbosari,  xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. Xolmirzaeva ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning reproduktiv salomatligini monitoring qilish, oilalarning tibbiy madaniyatini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash borasidagi ishlarning holati yuzasidan axborot berdi.

Tuman prokurori A. To‘xtasinov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bunday yordamning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilganligini ta’kidladi.

Tuman hokimi o‘rinbosari SH. Pozilov ona va bola salomatligini asrash, aholi reproduktiv salomatligini muhofazalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

SHundan so‘ng, Qo‘qon shahar 1-oilaviy poliklinikasi akusher-ginekologi M. Murataeva homiladorlik davrida ayollarda kechadigan o‘zgarishlar, ularning ovqatlanish tartibi, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji, ruhiy holati hamda og‘ir jismoniy mehnatni chegaralash xususida gapirdi.

Qo‘qon shahar 7-oilaviy poliklinika pediatri M. Abdusalimova  go‘daklar o‘limini oldini olish borasida onaning homiladorlik davrida hamda chaqaloqlikning ilk kunlarida ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan holatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, xotin-qizlar va farzandlar sog‘lig‘i har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Millat genofondini saqlab qolish va rivojlantirish ham aynan shu jihatga bog‘liq. SHu bois respublikamizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida doimiy diqqat markazida turadi.

Ushbu birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida umumiy amaliyot shifokori bilan bir qatorda oldinlari mavjud bo‘lmagan pediatr, terapevt, ginekolog, stomatolog, UTT shifokori kabi tor soha mutaxassislari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholining malakali tibbiy yordamdan foydalanishida muhim omil bo‘lmoqda. SHu bilan birga, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxonasi”, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada “Perinatal skrining xonalari” faoliyat yuritayapti.

So‘nggi uch yil ichida mamlakatimizdagi barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi perinatal skrining xonalari zamonaviy ultratovush tahlil apparati bilan jihozlandi. Natijada barcha homilador ayollarni skrining bilan qamrab olish imkoniyati yaratildi.

Xususan, tumanimizda ham ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qoshida perinatal skrining xonasida 2019 yilda 4176 nafar homilador ayollar birlamchi skrining tekshiruvidan o‘tkazilib, ulardan 17 nafarida nuqsonli homila aniqlangan. Ikkinchi skriningdan 1383 nafar, uchinchi skriningdan 776 nafar homilador ayollar o‘tgan. Skrining tekshiruvi natijasida aniqlangan 32 nafar nuqsonli homila muddatidan oldin to‘xtatilgan.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.