Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YOSHLAR TOMONIDAN KO‘TARILGAN HAR BIR MASALA VA TASHABBUSGA E’TIBOR QARATMOQDA

×

 2020-02-10 22:21:39    1090

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik sanoat kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risidagi qonuni, 2019 yil 27 dekabrdagi O‘zbekiston Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan topshiriq va takliflar ijrosi yuzasidan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

Tadbirda yoshlar ittifoqi tuman kengashi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda 300 nafardan ziyod yosh avlod vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliev 2020 yilda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, yoshlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish uchun bank resurslarini ko‘paytirish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan tuman hokimiga 27 nafar yoshlar tomonidan 30 dan ortiq tashabbus, taklif va masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Ularning 26 tasi joyida hal etildi, 3 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, 5 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Jumladan, 12-maktab yoshlar etakchisi Dostonbek Saminjonov o‘quvchilar, faol va kam ta’minlangan yoshlar uchun yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohat tashkil etishda amaliy yordam so‘radi. Bu yozgi ta’til vaqtida amalga oshiriladigan bo‘ldi. “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mamlakatxon Azizova oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 10 million so‘m imtiyozli kredit so‘rab murojat qildi. Sektor rahbari ko‘magida “Xalq banki” tomonidan bir hafta muddatda unga kredit mablag‘lari ajratilishi ma’lum qilindi. 14-maktab yoshlar etakchisi YOrqinjon Toyirov 1-guruh nogironi Azizjon Rahimov uchun nogironlik aravachasi olib berish masalasini ko‘tardi. SHu kunning o‘zidayoq Azizjonga nogironlik aravachasi olib berildi.

YOshlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala va tashabbusga tuman hokimi tomonidan aniq va atroflicha javob berilib, masalalarning echimi yuzasidan shu joyning o‘zida aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Tadbir nihoyasida tuman hokimi fan olimpiadalari, turli tanlovlar va sport bellashuvlarida munosib ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.