Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

×

 2020-02-11 21:41:43    1061

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligi tashabbusi bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi hamkorligida yoshlarning biznes tashabbuslarini, startap, g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, tijorat banklari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari, tadbirkorligini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida tuman hokimi ta’kidlaganidek, yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash istiqbolda o‘zining ijobiy natijalarini berib, mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

YOshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash kabi maqsadlarga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasidagi ishlar ham e’tiborga molik.

Tadbirda yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” dasturlari doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlarni olish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda qatnashgan yoshlarning 69 nafari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda kredit olish va o‘z tadbirkorligini boshlash istagini bildirdi.

YOshlar murojaatlari asosida 2 milliard 576 million so‘mlik loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Mazkur loyihalar amaliyotga to‘la tatbiq etilsa, 200 ga yaqin yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

Uchrashuv yakunida tez orada yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslari, startap, g‘oya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat, huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, forumlar, master klass hamda seminarlar tashkil etilishi ma’lum qilindi.