Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHOHLARNING SHOIRI VA SHOIRLARNING SHOHI

×

 2020-02-14 15:31:49    246

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalarida mumtoz adabiyotimizning yirik vakili, buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, tarixchi, geograf, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani to‘garagi a’zolari tomonidan “YAxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz” nomli adabiy kecha tashkillandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Bobur o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyoti va tili rivojiga, yuksalishiga munosib hissa qo‘shdi. O‘zbek madaniyati va tili tarixini o‘rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” XV-XVI asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.

“Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo‘lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan. Asar jahon adabiyoti durdonasi hisoblanadi.

Tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar Boburning hayot yo‘li, uning vatanparvarligi, ijodi, komillikka undovchi asarlari, betakror she’riyati, u ilgari surgan g‘oyalarning yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligi haqida so‘z yuritishdi. “Boburnoma“ asari to‘g‘risida qiziqarli va tarixiy ma’lumotlar berishdi. Bobur g‘azal va ruboiylaridan yod aytishdi. SHior hayotiga oid sahna ko‘rinishlar namoyish etishdi.