Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI FILIALLARI TASHKIL ETILADI

 2020-02-15 12:07:22    995

PDF yuklash
Chop etish


“Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazildi.

SHu munosabat bilan agentlikka mazkur tizimni yuritish va uni YUridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo hamkorlikni bepul ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Farmon bilan 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahrida faqat YAIDXP hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda DXMlar filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlari ko‘rsatish filiallarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filiallarga fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish, tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish vazifalari belgilab berilgan.

Filiallar mahallalarning fuqarolar yig‘inlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

SHuningdek, agentlik tuzilmasida Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan davlat xizmatlari aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida o‘rnatiladigan infokioskalar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Begzodjon Umarqulov,

Uchkoprik tumani DXM direktori

SHukurjon Usmonov,

Uchkoprik tumani DXM bosh mutaxassisi