Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK FARZANDI – OSIYO CHEMPIONI!

×

 2020-02-20 15:40:08    1190

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 6–19 fevral kunlari Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasida kattalar o‘rtasida oltinchi Xalqaro birdamlik musobaqasi hamda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Har ikki turnir ham Tokio Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 48 davlat sportchilari o‘zaro bellashdi.

Quvonarlisi, musobaqada Uchko‘prik farzandi – Madinabonu Jo‘raeva ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z vazn toifasida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dastlab, Madinabonu dast ko‘tarish bo‘yicha 68 kg natija ko‘rsatib, tengdoshlari orasida birinchi bo‘ldi. Siltab ko‘tarish bo‘yicha 90 kg natija ko‘rsatib, Osiyo chempionatidagi ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida umumiy og‘irlik jamlanmasi bo‘yicha uchinchi oltin medal bilan taqdirlangan Madinabonu chempionatning eng yaxshi sportchilari qatorida e’tirof etildi.

“Mergan” qishlog‘ida 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Osiyo chempioni tuman hokimi, ustoz-murabbiylari, sinfdoshlari, mahalla faollari ishtirokida tantanali kutib olindi.

Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev sportchini erishgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun astoydil harakat qilishi lozimligini, Madinabonuning bu yutug‘i tengdoshlari uchun o‘rnak bo‘lishini, unga havas qilgan yana ko‘plab tumanimiz yoshlari nafaqat sport, balki ilm-fan sohasida ham yangi marralarni zabt etishga intilishini ta’kidladi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari SHuhratjon Pozilov, xalq ta’limi bo‘limi mudiri Dilafruz Ayupova, sportchining murabbiyi Olimjon Ochildiev, shuningdek, o‘qituvchilari va sinfdoshlari so‘zga chiqib, Madinabonuning sportdagi va o‘qishdagi yutuqlarini e’tirof etishdi.

Tadbir yakunida Madinabonu, uning onasi va murabbiyiga tuman hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joraeva Madinabonu Holiqjon qizi 2004 yil 29 sentyabr kuni “Mergan” mahalla fuqarolar yiginiga qarashli Tepaqorgon qishlogida tugilgan. Sportning ogir atletika turi bilan 5-sinfdan boshlab murabbiyi Ochildiev Olimjon qol ostida shugullanishni boshlagan. 7-sinfdan Fargona Olimpia zaxiralari kollejida tahsil oladi.