Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HASANQORALIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2020-02-21 16:52:22    1045

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliev 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Hasanqora” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqotda yoshlar 30 ga yaqin muammo va takliflarni o‘rtaga tashladi. Tuman hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Har bir savol, masalaga aniq va atroflicha javob berilishi bilan birga, yoshlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Uchashuvda so‘nggi yillarda yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Hududlarda kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish, yosh tadbirkorlar uchun ajratilayotgan bank kreditlari masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

“Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kunda yoshlarimizni qiynayotgan muammolarga ijobiy echim topish, ularga etarli shart-sharoitlar yaratish hamda qaysi sohada bo‘lmasin ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir”, – dedi tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev.

Uchrashuv davomida ta’lim va sport sohasida ma’lum bir yutuqlarga erishib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar tuman hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi yoshlar bilan mahalla hududidagi namunali tomorqa sohiblari xonadonlariga kirib, ularning shart-sharoitlari bilan qiziqdi. Issiqxonalarda etishtirilayotgan mahsulotlar, ularga ishlov berish tajribasi va albatta, bir parcha erdan tomorqa egalari olayotgan mo‘may daromad yoshlarda qiziqish uyg‘otdi.

“Xalqimizda "Erni boqsang, er seni boqadi" degan hikmat bor. Tomorqa – har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Qolaversa, bir parcha erning farzandlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham unutmaslik kerak. Avvalo, tomorqada inson halol mehnatga o‘rganadi. SHuning uchun qishloqdagi har bir yosh, eng avvalo, o‘z uyidagi tomorqadan samarali foydalanishni o‘rganishi lozim”, – dedi tuman hokimi.