Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSOBAQADA AYOLLAR BELLASHDI

×

 2020-02-22 16:27:48    1015

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar va o‘smirlar sport maktabida mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari va tadbirkor ayollar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida mamlakatimizda oilaviy sportni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Uchko‘prik tumanida ham jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar, yoshlar va aynisa, ayollarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘tkazilayotgan mazkur musobaqalar sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalar, xotin-qizlar safini kengaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman hokimligi tomonidan jismoniy tarbiya va sport bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqada 9 jamoa sportning voleybol, stol tennisi, engil atletika, armrestling kabi turlari bo‘yicha bellashdilar.

Ertalabdan boshlangan ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari tushgacha davom etdi. Voleybol bo‘yicha “Uchko‘prik” MFY jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, stol tennisi bo‘yicha mehnatobodlik Hayotxon Sultonova, armrestling va 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha g‘ozi-g‘ijdonlik Zarnigor Muxtorova va Guljahon To‘xtasinova g‘olib bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng muhimi, o‘tkazilgan tadbirdan hech kim yutqazmadi. Negaki bunday ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari ayollarimizning sportga oshno tutinishiga xizmat qiladi.