Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TENDER TANLOVI O‘TKAZILADI

 2020-02-24 15:55:49    1024

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta etishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 2017 yil 14 dekabrdagi 1551-5-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan Nizom hamda Respublika “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DKning 2019 yil 28 dekabrdagi T-9/02-1317-sonli telefaks-xabarnomasi shuningdek viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2020 yil 24 yanvardagi 4-sonli topshiriqlaridan kelib chiqib, tumandagi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida 2020 yil hosilidan urug‘lik paxta etishtirish huquqiga ega bo‘lishlari uchun tumanda TENDER TANLOVI o‘tkaziladi.

Tender tanlovida ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjatlar tuman komissiyasiga (tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi) taqdim etiladi.

Hujjatlar 2020 yil 25 yanvar sanasidan 25 fevral sanasigacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: (73) 515-25-77  (91) 144-60-79

TENDER TANLOVIDA QATNASHISH SHARTLARI:

Paxtachilikda eng ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklarida urug‘lik paxta etishtirish amalga oshiriladi. Urug‘lik paxta etishtirish uchun tanlab olinayotgan fermer xo‘jaligi paxtachilikda muntazam yuqori hosildorlikka erishgan bo‘lishi kerak.

Urug‘lik paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining ekin erlarini tuproq unumdorligi va meliorativ holati yaxshi, suv bilan ta’minlanishi qulay bo‘lishi talab etiladi.

Fermer xo‘jaligining rahbari va mutaxassislari urug‘chilik sohasida etarli bilim hamda tajribaga ega bo‘lishlari lozim.

Fermer xo‘jaligi oxirgi 3 yilda paxta sotish shartnomaviy rejasini bajargan bo‘lishi shart.

Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish uchun etarli qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Urug‘lik paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaligi tender tanlovi shartlariga, urug‘lik paxta etishtirish majburiyatlariga hamda urug‘lik paxta uchun ustama haq to‘lov tartibiga to‘liq rioya qilishi talab etiladi.

Tender tanlovida taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati tanlovda qatnashish uchun talabgorlarga tarqatilgan to‘plamda ko‘rsatilgan.