Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

425 NAFAR O‘QUVCHI OLTI YOSH TOIFASIDA BELLASHDI

×

 2020-03-03 12:10:56    1025

PDF yuklash
Chop etish


“YOshlar shaxmat taxtasi” Respublika ochiq turnirining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqa tuman hokimligi, YOshlar ittifoqi, xalq ta’limi bo‘limi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamkorligida tashkillandi.

Unda musobaqaning dastlabki bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 425 nafar o‘g‘il-qiz olti yosh toifasida — 7,9,11,13,15, 19 o‘zaro bellashdi.

Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra Umarbek Abdusalomov, Merojaxon Abdullaeva, Nurbek Abdusalomov, Namunaxon Komilova, Feruzbek Farhodov, Gulsanam Muhammadyusufova, Ro‘zimuhammad Tursunboev, Madinaxon Rahmonalieva, Sardor SHeraliev, Fotimaxon Tursunova tengdoshlaridan ustun kelib g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.