Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT PROKURORI UCHKO‘PRIKLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2020-03-05 11:42:43    1065

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar musiqa va san’at maktabida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv oldidan yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz raisligida 2019 yilning 27 dekabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rahbarlar oldida turgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilib, bu borada qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvda viloyat prokurori Ulug‘bek Qosimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari uchko‘priklik yoshlar bilan muloqotga kirishib ularning muammoli murojaatllari, tashabbuslarini tingladi.

Muloqotda yoshlarning faolligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda madaniyat va san’at, sportga keng jalb qilish, shuningdek, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida so‘z bordi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, yoshlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ta’kidlandi.

Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

YOshlarning aksariyat murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ijrosi ma’lum muddat talab etadigan taklif va murojaat, tashabbuslar ijrosi ta’minlash maqsadida tegishli yo‘l xaritasi tasdiqlanib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etayotgan, bir guruh tashabbuskor yoshlar viloyat prokurorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

SHuningdek, joriy yilning 20 fevralidan 2 martiga qadar viloyat prokurori kubogi uchun o‘tkazilgan “YUrt kelajagi” yoshlar spartakiadasi g‘oliblariga diplom, kubok va sovg‘alar topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng yoshlar viloyat prokurori va tuman hokimi hamrohligida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Bu erda yoshlar uchun maxsus mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. YOshlarga ish o‘rgatish markazida direksiya rahbarlari, tadbirkorlar va mutaxassislar tomonidan iqtisodiy zonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oylik maoshlar hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. SHuningdek, yoshlar “Great Kokand” korxonasidagi ish jarayonlari bilan tanishdi, ishchilar bilan suhbatda bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarmida 100 nafardan ziyod faol va ijodkor yoshlarning Haziniy uy-muzeyi va ziyoratgohiga sayohati tashkillandi.

SHu kuni uchrashuvda qatnashgan yoshlarning 7 nafari “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga ishga qabul qilindi. Bundan tashqari, yana 12 nafar yoshlar tumandagi boshqa korxona va muassasalarga ishga joylashadigan bo‘ldi. 

SHuningdek, o‘zining biznes-loyihalari tayyor va tadbirkorligini boshlayotgan 5 nafar yoshlarga kreditlar ajratildi.

Sektor rahbarlari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbir va uchrashuvlar yoshlarning muammolarini hal etish, takliflarini samarali amalga oshirishga yordam bermoqda.