Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOL BILAN HAYOT GO‘ZAL, XONADONLAR NURAFSHON

×

 2020-03-06 22:05:53    1010

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanida ham bahorning ilk ayyomi – ayollar bayrami ko‘tarinki ruhda, katta shodiyona bilan keng nishonlanmoqda.

Ayol – go‘zallik timsoli, oila zamini, jamiyat ustuni, xonadonimiz farishtasi, hayotimiz fayzi, ko‘rki. Ayol – g‘amxo‘r ona, mehribon opa-singil, vafodor yor, suyukli qiz. Ayollarsiz baxtimiz to‘liq, bag‘rimiz butun, dasturxonimiz to‘kin, hayotimiz totli bo‘lmaydi.

Vatanga, oilaga, hayotga bo‘lgan ishonch avvalo – ayolga, onaga ehtiromdan boshlanadi.

Tuman markazidagi “Davr” tantanalar mujmuasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida bu alohida e’tirof etildi.

Bayram tantanasida ishlab chiqarish faollari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarda, jamoat tashkilotlarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan faol ayollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev uchko‘priklik xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tuman hokimi ta’kidlaganidek, mamlakatimizda inson omili ayniqsa, ayollarga bo‘lgan e’tibor siyosat darajasiga ko‘tarilmoqda. Har yili Muhtaram Prezidentimiz farmoni bilan yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.

Prezidentimiz “Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz” deya ta’kidlaganidek, oilalarimizning tinchligi, farog‘ati, hayotimizning go‘zalligi, barakasi bo‘lgan onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz, ayollarimiz oldida hamisha qarzdormiz, dedi tuman hokimi o‘z tabrigida.

San’atkorlar hamda yosh ijrochilarning yoqimli kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslari, badiiy sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.