Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 259 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY BILDIRISHI

×

 2020-03-08 21:54:40    1095

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Muhofaza zonasi sanalgan er ham pullandi” sarlavhasi ostida asoslanmagan ma’lumot tarqatildi. Unda Uchko‘prik tumanidagi avtostansiya ro‘parasida joylashgan ichimlik suvi qudug‘ining muhofaza qismi tadbirkorga sotilgani, 2-3 yil avval o‘rnatilgan yangi suv minorasi haligacha ishga tushirilmagani qayd etilgan.

Uchko‘prik tumani hokimligi axborot xizmati va “Suvoqava” DUK tuman filiali tomonidan ushbu ma’lumot o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorga sotib yuborilgani iddoa qilingan er maydoni Qo‘qon shahar “Marg‘ilon darvoza” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan. SHuningdek, 2-3 yildan beri ishga tushirilmagani qayd etilgan toza ichimlik suvi qudug‘i “Suvoqava” DUK Qo‘qon shahar filiali tasarrufida ekanligi aniqlandi.