Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YUKSAK MUKOFOT MUBORAK!

×

 2020-03-08 21:57:49    933

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra mamlakatimizda aziz va mo‘‘tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Quvonarlisi, Uchko‘prik tumanidagi «Mendieva Ranoxon» fermer xo‘jaligi rahbari Ranoxon Mendieva ham «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Uchko‘prik tumani hokimligi va tuman faollari ilg‘or fermerni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy qutlaydi.