Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVIDA KO‘PLAB MUAMMOLARGA ECHIM TOPILMOQDA

×

 2020-03-11 16:54:31    66

PDF yuklash
Chop etish


55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Uchko‘prik tumani hokimi Akmaljon Mahmudaliev “Mashad” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshlar bilan muloqot qildi.

Tadbirda yoshlar ittifoqi tuman kengashi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda 100 nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi umumta’lim maktabida yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar asosida yoshlar fikrlari tinglandi, ularning tashabbus, taklif hamda muammolari o‘rganildi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit olish, ishga joylashish kabi masalalarga oid murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

Murojaatlarning aksari joyida hal etildi, 3 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi, 5 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Jumladan, Boytuman qishlog‘ida yashovchi Saidxalil Yo‘ldoshxo‘jaev tikuv mashinalari xarid qilish uchun 18 million so‘m imtiyozli kredit so‘rab murojat qildi. Sektor rahbari ko‘magida “Xalq banki” tomonidan bir hafta muddatda unga kredit mablag‘lari ajratilishi ma’lum qilindi. SHuningdek, Sanobar SHokirova ham tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish borasida yordam so‘radi. Unga ham zarur hujjatlarni bankka taqdim etgach, 10 million so‘m imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

YOshlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala va tashabbusga tuman hokimi tomonidan aniq va atroflicha javob berilib, masalalarning echimi yuzasidan shu joyning o‘zida aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Tadbir nihoyasida fan olimpiadalari, turli tanlovlar va sport bellashuvlarida munosib ishtirok etgan yoshlarga tuman hokimining faxriy yorliqlari topshirildi.