Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YURTIMNI OBOD ETAMAN” YOSHLAR AKSIYASI O‘TKAZILDI

×

 2020-03-16 13:06:27    1032

PDF yuklash
Chop etish


YOshlar ittifoqi tuman kengashi tashabbusi bilan umumxalq xayriya hashari doirasida “”YUrtimni obod etaman” aksiyasi o‘tkazildi. “Buyrak” va “YAkkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkillangan aksiyada tuman sardorlari, yoshlar etakchilari hamda hududdagi uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Aksiya davomida yoshlar tomonidan 700 dan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Faol yoshlar esa mahallalar va guzarlar, tarixiy qadamjolar hamda qabristonlarda bo‘lib o‘tayotgan umumxalq hasharida yordam berishdi.

Umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan hisoblanadi.

Aksiya ishtirokchilari Bahrin qishlog‘ida yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj Dilbarxon Ismoilovaning holidan xabar olishdi. Dilbarxon opaning vaqtincha qarovsiz turgan 7 sotix tomorqasiga ishlov berishdi. 150 tup pomidor ko‘chati va kartoshka ekildi. Tomorqa atrofiga 35 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Qishloqlar va mahallalarimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari davom etmoqda.