Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HAR MASKANGA – YUZ KO‘CHAT”

×

 2020-03-16 13:07:28    918

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan tumanimizni ekologik toza hududga aylantirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash maqsadida aksiya o‘tkazilmoqda.

“Har maskanga – yuz ko‘chat” shiori ostida tashkillangan aksiyada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barcha mehnat jamoalari faol ishtirok etmoqda.

“Obod yurt” umumxalq xayriya hashari doirasida 16-maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ushbu aksiya uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari va MTT xodimlari tomonidan muassasa hududiga 100 dan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur aksiya, bolalarning tabiatga mehrini oshirish, yurtimizning ekologik muhitini yaxshilash, jamoat vakillari hamda yoshlarga o‘rnak bo‘lishda muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, yaqin orada ekilgan daraxtlar ko‘kka bo‘y cho‘zib, yurtimiz go‘zalligi va sof havosini ta’minlashga xizmat qiladigan bog‘ bo‘lishi, shubhasiz.