Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI

×

 2020-03-16 16:55:15    1026

PDF yuklash
Chop etish


“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori Uchko‘prik tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini YAngiqishloq qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida qishloq faollari tomonidan elektr ta’minotidagi ayrim muammolar ma’lum qilindi.

SHu kunga qadar 180 dan ortiq xonadon bir dona transformatordan foydalanib kelayotgan edi. Bu holat elektr ta’minotida qator noqulayliklarga sabab bo‘layotgan edi.

Murojaatdan so‘ng shu kunning o‘zidayoq tegishli dastur asosida YAngiqishloqqa quvvati 100 kVa bo‘lgan yangi transformator o‘rnatildi.

Bundan tashqari, hududga 25 dan ortiq temir-beton tayanchlar olib kelinib, ma’nan eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash ishlari boshlab yuborildi.