Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAQBARA TA’MIRLANIB, ATROFI OBODONLASHTIRILMOQDA

×

 2020-03-18 11:11:15    948

PDF yuklash
Chop etish


“Farg‘ona haqiqati” gazetasining joriy yil 19 fevraldagi 14-sonida chop etilgan “E’tibordan chetda qolgan maqbara” nomli tanqidiy material Uchko‘prik tumani hokimligi mas’ullari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Material muallifi Otabek Xolmatov tumandagi Sariqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan “SHahid buvo” maqbarasi va uning atrofidagi hududda obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligini qayd etgan.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, tuman hokimligi va mahalla faollari tomonidan maqbarada bir necha marta joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Qo‘rg‘on hududida har yili hashar yo‘li bilan bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinadi.

 Tanqidiy material gazetada e’lon qilinganidan so‘ng, qadimiy ziyoratgoh atrofida yana bir bor obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, yaqin kunlarda maqbarani ta’mirlash, qo‘rg‘on hududiga o‘rindiqlar o‘rnatish va ziyoratchilar uchun boshqa qulayliklar yaratish rejalashtirilgan.