Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2000 DONA TIBBIY NIQOB BEPUL TARQATILDI

×

 2020-03-29 13:52:54    970

PDF yuklash
Chop etish


Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qattiq kurash olib borilmoqda. Tumanimizda ham bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

Qishloq va mahallalarimizda koronavirus tarqalishini oldini olish, undan to‘liq himoyalanish, aholini zarur oziq-ovqat hamda kerakli tibbiy-gigienik vositalar bilan ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu kabi xayrli ishlarga tadbirkorlar, sahovatpesha insonlar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

“Tojik” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bugun xuddi shu kabi xayrli ishga qo‘l urildi.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritadigan Pipitto korxonasi tomonidan yig‘in hududidagi 6 ta qishloq aholisi uchun 2000 dona tibbiy niqob bepul tarqatildi.

– Bugun mamlakatimizda koronavirus tarqalishining oldini olish borasidagi harakatlar yanada kuchaygan, bu borada biz mahalla faollari ham mas’uliyatni chuqur his etyapmiz, – deydi mahalla raisi Tursunxo‘ja YUldashev. – Hukumatimiz va shifokorlarning vaziyat yuzasidan berilgan har bir ko‘rsatma va tavsiyasini fuqarolarimizga keng tushuntirmoqdamiz. Bugun chinakamiga birlashadigan paytda Pipitto korxonasining mazkur xayrli ishini yaqindan qo‘llab-quvatladik. O‘ylaymanki, boshqa tadbirkorlarimiz ham bu xayrli ishdan ibrat olib, bugungi sinovli kunlarda xalqimizning og‘irini engil qilishga o‘z hissalarini qo‘shishadi.

Bu kabi savobli va xayrli ishlarni amalga oshirish xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan sanaladi. Buni chuqur anglab etgan fidoiy mahalla faollari, tashabbuskor va sahovatli tadbirkorlar safi yanada kengayishiga ishonamiz.