Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY BILDIRISHI

×

 2020-04-01 17:02:57    1030

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Aholining gazchilarga murojaati: “Biz uyda o‘tiribmiz, siz biz uchun ballon olib keling!” nomli xabar tarqaldi.

Xabarda Uchko‘prik tumani Katta Kenagas qishlog‘ida karantin sababli uyda o‘tirgan aholi nomidan gaz muammosi qiyinchilik tug‘dirayotgani, tuman gaz idorasi maishiy gaz ballonlari etkazib berishni kechiktirayotgani ma’lum qilingan.

Mazkur holat “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ “Uchko‘priktumangaz” filiali muhandisi, suyultirilgan gaz bo‘limi ekspeditori, “Katta Kenagas” MFY raisi hamda faollari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi.

Uchko‘prik tumanida 38047 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan.

“Uchko‘priktumangaz” filiali tomonidan tumandagi 43562 ta aholi xonadonlari shartnoma asosida maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlangan.

Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida tumandagi iste’molchilarga 1420 tonna suyultirilgan gaz etkazib berish rejasi belgilangan bo‘lib, amalda 1484,1 tonna (104.5%) suyultirilgan gaz etkazib berilgan.

SHundan mart oyi davomida tumandagi iste’molchilarga 504,1 tonna suyultirilgan gaz etkazib berish rejasi belgilangan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 600,7 tonna (119.2%) ni tashkil etdi.

“Katta Kenagas” MFY hududida istiqomat qiluvchi 1468 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Mazkur xonadonlarga 2020 yilning yanvar-mart oylarida jami 51,4 tonna suyultirilgan gaz etkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda esa 54,6 tonnani (106.2%) tashkil etdi. YA’ni, hudud aholisiga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida ortig‘i bilan etkazib berilgan.

Ta’kidlash joizki, amaldagi tartibga binoan “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ “Uchko‘priktumangaz” filiali tomonidan iste’molchilarga maishiy gaz ballonlari maxsus jixozlangan avtotransport vositalarida, faqat soha xodimlari tomonidan har bir iste’molchining bevosita uyiga olib borib beriladi.

SHuningdek, iste’molchilarga etkazib berilayotgan suyultirilgan gaz miqdori va muddati qattiq nazoratga olingan.

Mamlakatimizda koronavirus qayd etilgani xaqidagi xabar e’lon qilinishi ortidan ayrim yurtdoshlarimiz orasida vahima kuchaymoqda.

Barcha iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilgan. Sarosimaga tushishga hech qanday asos yo‘qligini ma’lum qilamiz.