Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY BILDIRISHI

×

 2020-04-01 17:06:18    1027

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumanida mahallalar va qishloqlardagi ichki yo‘llarga o‘zboshimchalik bilan to‘siqlar o‘rnatilgani, bu tez tibbiy yordam mashinalari harakatiga to‘sqinlik qilayotgani haqida ma’lumot tarqatildi.

Uchko‘prik tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Uchko‘prik tumanida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, 27 mart kunidan boshlab tuman hududida transport vositalarining harakatiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi.

Tuman hududiga kirish-chiqishni nazoratga olish va avtomashinalarni dezinfeksiya qilish choralarni ko‘rish maqsadida vaqtinchalik maskan(post)lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

SHuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari tashabbusi bilan mahallalar va qishloqlarda ham transportlar harakati uchun muayyan cheklovlar joriy qilinib, fuqarolarning zarur bo‘lmagan hollarda uyidan tashqariga chiqishi cheklandi.

Mazkur maskan(post)larda ichki ishlar, milliy gvardiya, sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarining doimiy navbatchiligi tashkil etilgan.

Ta’kidlash joizki, yuqoridagi cheklovlar shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari harakatiga hamda xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Ushbu choralar vaqtinchalik ahamiyat kasb etib, tuman aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida ko‘rilgan.