Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND OILALARGA BEPUL OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARQATILMOQDA

×

 2020-04-01 17:18:30    928

PDF yuklash
Chop etish


O‘z mahallasi odamlari, qo‘ni-qo‘shnilar holidan xabar olish xalqimiz uchun azaliy qadriyat bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat ko‘rsatish bugungi sinovli kunlarda eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Ayni kunlarda Uchko‘prik mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan bu borada bir qator ibratli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishini oldini olish maqsadida fuqarolar bilan ijtimoiy masofani saqlagan holda shaxsiy gigiena va sanitariya qoidalariga amal qilish, sababsiz ko‘chaga chiqmaslik bo‘yicha suhbatlar, sarosima va vahima kayfiyatiga berilmaslikka doir tushuntirish ishlari olib borildi. Targ‘ibot ishlari davomida koronavirusning oldini olish bo‘yicha eslatma va plakatlar tayyorlanib, jamoat joylariga o‘rnatildi.

Karantin vaqtida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy niqoblar etkazib berildi.

Bu kabi xayrli ishlar salmog‘i kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, 30 mart kuni “Buyrak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi kam taminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. YOshi ulug‘ va nogironlar holidan xabar olindi.

SHuningdek, “Oltin vodiy” va “YAngier” mahalla fuqarolar yig‘inlarida saxovatli insonlar tomonidan ehtiyojmand oilalarga un va yog‘ tarqatildi.

“Oqsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida imom xatiblar ibrat ko‘rsatmoqda. Mahalla imomi boshchiligida homiylar yig‘in hududida yashovchi ehtiejmand oilalarga un va yog‘ etkazib berishdi.

Xayriya tadbirlarida ishtirok etayotgan barcha mahalla faollari va saxovatli tumandoshlarimiz shu gapni takrorlashmoqda – yurtimiz boshiga tushgan mana shunday sinovli kunlarda birdamlik bilan bu baloga qarshi kurashish, muhtoj hamyurtlarimizga yordam qo‘lini cho‘zish insoniy burchimizdir.