Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MAHALLAGA YANGI BINO QURILMOQDA

×

 2020-04-16 11:31:28    1105

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanidagi “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy bino qurilmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Saidmurod Aminjonov va tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev “Katta qashqar” mahallasida bo‘lib, qurilish ishlari bilan tanishishdi.

Mahallalar jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda eng muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mazkur tuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada dastlab, Prezidentimizning 2017 yilning 3 fevralida “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yilning 2 aprelida “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari qabul qilinib, mahalla instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, jamiyat rivojida tutgan o‘rnini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 18 fevralda sohaga doir yana bir muhim – “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi esa fikrimiz tasdig‘i bo‘lib, mazkur qaror bilan belgilab berilgan vakolat, imtiyoz va ustuvor vazifalar tuzilma faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur hujjatlarga muvofiq, har bir mahallada tadbirkorlarni faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish, ularni zarur mebel, kompyuter, aloqa vositalari va internet tarmog‘i bilan ta’minlash vazifasi belgilangan.

Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash yuzasidan Uchko‘prik tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratiladi. Bino qurilishi uchun tadbirkor hisobidan 1 milliard 250 million so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

— 32 xonadan iborat ikki qavatli zamonaviy binoda oilaviy poliklinika, profilaktika inspektori xonasi va kutubxona ham joylashtiriladi. Barcha xonalar zamonaviy mebel jihozlari bilan ta’minlanadi. SHu bilan birga Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi doirasida kutubxonada yoshlarga kompyuter savodxonligini o‘rgatish uchun kompyuterlar o‘rnatilishi va internetga ulanishi rejalashtirilgan, — deydi “Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ibrohimjon Xolmatov.