Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCHKO‘PRIK TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY BILDIRISHI

×

 2020-04-16 11:39:48    1209

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumanida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, kartoshka narxi qimmat narxda sotilayotgani ta’kidlangan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Uchko‘prik tumani hokimligi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Uchko‘prik tumanida karantin davrida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev va sektor rahbarlari, prokuratura huzuridagi departament, soliq idorasi mutasaddilari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.

Tuman hokimi tashabbusi bilan narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida “Dehqon bozori” hududida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgan.

SHuningdek, sektor rahbarlari tomonidan tuman markazidan olis hududlar va ko‘p qavatli uylar atrofida ko‘chma do‘konlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda yarmarkada va ko‘chma do‘konlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari: un, yog‘, go‘sht, guruch, makaron, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi narxining barqarorligi ta’minlangan.

Kartoshka 3500 so‘m, sabzi 1000 so‘m, tuxum 600 so‘m, o‘simlik yog‘i 38 ming so‘m, un 3 ming so‘m, makaron 5 ming so‘m, shakar 5800 so‘m, go‘sht 40 ming so‘mdan sotilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda tuman Dehqon bozorida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar mahsulotlari zaxirasi etarli va narx-navoning ko‘tarilib ketgani haqidagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas.