Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MURUVVAT – XALQIMIZGA XOS EZGU XISLAT

×

 2020-04-18 17:15:16    1134

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli odamlarning ko‘chaga chiqmasdan uyda qolishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Kam ta’minlangan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda birlamchi vositalar bilan bepul ta’minlash bo‘yicha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Uchko‘prik tumani bo‘limi qoshida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi.

Markazga xayriya va homiylik asosida taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari mahallalar kesimida shakllantirilayotgan ro‘yxat bo‘yicha ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlamiga karantin talablariga qat’iy rioya etilgan holda etkazib berilyapti.

Jumladan, 16 aprel kuni tuman hokimi o‘rinbosari SHuhratjon Pozilov hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutasaddilari tomonidan Sariqo‘rg‘on, YAngier, Qurbonqashqar, Tojik, Oqsuv, YAkkatut qishloqlaridagi 20 ta ehtiyojmand oilaga 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.

SHunday sinovli kunlarda xalqimizning hamjihatligi, bag‘rikeng va saxovatpesha insonlarning ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatayotgan ko‘maklari tahsinga sazovordir.