Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHSULOT ETISHTIRISH HAJMI IKKI BAROBARGA OSHIRILADI

×

 2020-04-18 17:16:33    1099

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani kengashining navbatdan tashqari  sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, masalaga daxldor korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibidan Uchko‘prik tumanida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji, mavjud muammolar va ularni hal etish, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish borasidagi chora-tadbirlar hamda tumandagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarini to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga to‘lovlarni kechiktirish to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan sektor rahbarlarining taqdimotlari eshitildi.

Sektor rahbarlari – tuman hokimi, 1-sektor rahbari Akmaljon Mahmudaliev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ahmadjon To‘xtasinov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Alisher Ashurov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Usmonali Ahmadalievning o‘zlari biriktirilgan sektordagi har bir mahalla kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va mazkur ehtiyojni qoplash choralari yuzasidan taqdimotlari eshitildi va muhokama qilindi.

SHuningdek, tumanda paxta va g‘alladan hosildorlikni oshirish bo‘yicha sektorlar kesimida aniq hisob-kitoblar ishlab chiqilgani ham ta’kidlab o‘tildi.

Joriy yilda koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelishi kutilayotgan inqirozning salbiy ta’sirlari oldini olish maqsadida paxtachilik, g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari hosildorlikni paxtadan 10 sentnerga, g‘alladan 20 sentnerga oshirish tashabbusi bilan chiqdilar. Paxta va g‘alladan hosildorlikni oshirish bo‘yicha ham sektorlar kesimida aniq hisob-kitoblar ishlab chiqilib, maxsus qarorlar bilan tasdiqlandi.

Bundan tashqari, tumanda oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, mahsulot etishtirish hajmini ikki barobarga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Sessiya yakunida deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. SHundan so‘ng muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.