Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH 3 BOSQICHDA AMALGA OSHIRILADI

 2020-05-20 11:05:56    1090

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi va uning xududiy tarkibi, shuningdek, komissiyaning asosiy vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.

Aholini dastlab ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Messopotamiya, Rim, Xitoy, YAponiya va Misrda o‘tkazilgan. Aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash muhim bo‘lgani sababli ham ayni ishlar qilingan. Erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgani bois asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish 3 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichga aholini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazish bo‘yicha moliyaviy manbalarni aniqlash bo‘yicha hujjatlarni, metodologiyasini ishlab chiqish, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlarni o‘qitish kiritiladi. Ikkinchi bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, e’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshiriladi.                                                                                                                                

I.SHOKIROV,

Statistika bolimi boshligi