3692025-07-18 19:07
Toshloq tumanida yangicha axborot islohoti!

Endilikda Toshloq tumani hokimligining axborot xizmati tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan muhim ishlar, yangiliklar va tashabbuslar haqida siz aziz yurtdoshlarimizga tezkor, aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazish maqsadida har kuni maxsus jonli efirlar uyushtiriladi.
📌 Jonli efirlar belgilangan vaqtlarda Telegram tarmoqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Ularda siz:
• Tumandagi dolzarb islohotlar,
• Mahalliy aholi muammolarining hal etilishi,
• Yangidan ishga tushayotgan loyihalar va qurilishlar,
• Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar,
• Xalq bilan ochiq muloqot jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
🎤 Shuningdek, har bir efir davomida tumandagi mas’ullar va mutaxassislar ishtirokida interaktiv savol-javoblar o‘tkaziladi. Bu esa fuqarolarga o‘z muammolarini bevosita yetkazish, taklif va tashabbuslarini bildirish imkonini beradi.
🔔 Toshloqda sodir bo‘layotgan yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz, rasmiy ijtimoiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!
Toshloq — taraqqiyot sari!
https://t.me/toshloq_axborot_xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
6742025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
6112025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
34242024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
36452024-11-14 07:00