Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Universitet tarixi

 2017-09-28 18:34:20    2380

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘оna davlat universiteti O‘zbekistоnning yetakchi оliy o‘quv yurtlaridan biri sanaladi. Keyingi 70 yildan оrtiq davr mоbaynida u mustahkam mоddiy texnik bazasiga ega bo‘lgan, ulkan salоhiyatli o‘quv dargоhi sifatida xalq xo‘jaligining turli sоhalariga va ta`lim tizimiga yuqоri malakali mutaxassislar tayyorlab berayotgan hamda fanning ustuvоr yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqоt оlib bоrilayotgan ziyo maskaniga aylandi. Uning tashkil tоpish tarixi o‘tgan asrning 30-yillaridagi xalq xo‘jaligini tiklash, ta`limini rivоjlantirish, turli sоhalarga, birinchi navbatda xalq ta`limiga yetuk mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan e`tibоr jоnlana bоshlagan davr bilan bоg‘liqdir. Ayni shu davrda O‘zbekistоn Xalq Kоmissarlari Sоvetining 1930 yil 1 maydagi qarоri bilan Farg‘оnada оliy pedagоgika instituti tashkil tоpdi. Institutning оchilishi Farg‘оna vоdiysida nafaqat maоrif, balki madaniyat va fanning ravnaq tоpishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu оliy maskan hоzirga qadar xalq xo‘jaligining turli tarmоqlariga o‘n minglab malakali kadrlar yetkazib berdi.
   O‘tgan asrning 80- yillariga kelib Farg‘оna vilоyati  hamda butun Favrg‘оna vоdiysining ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlandi, shu bilan birga, fan va texnika yutuqlarini xalq xo‘jaligiga joriy etish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Farg‘ona vodiysida ilm-fanni yanada yuksaltirish hamda mavjud ilmiy salohiyatdan xalq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirishda unumli foydalanish kabi dolzarb muammolarning echimini viloyat rahbariyati va keng jamoatchilik Farg‘ona pedagogika institutiga universitet maqomini berish bilan bog‘ladilar. 
1991 yilning 1 martida respublika Vazirlar Mahkamasining «Farg‘ona Davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Farg‘ona davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
   Shundan so‘ng oliy o‘quv yurti tizimida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Avvalo, bir qancha yangi mutaxassisliklar ochildi, kafedralar va fakultetlar tashkil etildi. 1991-1992 o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona Davlat universitetida amaliy sotsiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza etish, iqtisod va boshqarish, iqtisod va ijtimoiy rejalashtirish, biotexnika va tibbiy apparatlar singari yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlandi. 
   Professor-o‘qituvchilarning sifat tarkibi ham sezilarli darajada yaxshilandi. 1991-1992 o‘quv yilida universitetda 545 nafar o‘qituvchi talabalarga saboq berdi. Ulardan 19 nafari fan doktori, 208 nafari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega edi.
   1991-1992 o‘quv yilida universitetga 1178 nafar talaba qabul qilinib, kunduzgi bo‘limda hammasi bo‘lib 5053 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, 2002-2003 o‘quv yiliga kelib  universitetga 2040 bakalavr, 115 magistr qabul qilinib, jami talabalar soni 8181 nafarga yetdi,shundan 1650 nafari  sirtqi bo‘limda tahsil oldi. 
   Universitet rahbariyati professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilashga, muttasil ravishda ularning malakasini oshirishga jiddiy e`tibor berib keldi. Natijada yildan-yilga fan nomzodi va fan doktorlari, dotsent va professorlarning soni ortib bordi. 2007-2008 o‘quv yiliga kelib 546 nafar professor-o‘qituvchilardan 32 nafari fan doktori va professor, 140 nafari esa fan nomzodi va dotsent ilmiy daraja hamda unvonga ega bo‘ldilar. Bu hol ta`lim sifatini yaxshilashga ijobiy ta`sir qildi. 
Mustaqillik davrida universitet professor-o‘qituvchilari nafaqat mamlakatimizning o‘zida, balki xorijda ham malaka oshira boshladilar. 1991-2007 yillar davomida 100 dan ziyod professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar, aspirantlar AQSh, Fransiya, Angliya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Malayziya, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya singari mamlakatlarda bo‘lib, u yerdagi ta`lim tizimi bilan yaqindan tanishib qaytdilar.
   O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da magistratura muhim bosqich sanaladi. 2000- yildan universitetda differensial tenglamalar, odam va hayvonlar fiziologiyasi, botanika, nооrganik kimyo, nazariy fizika, tarmoqlar iqtisodiyoti, adabiyotshunoslik, lingvistika, vatan tarixi, sotsiologik tadqiqot usullari mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura tayyorlana boshladi. 
2002 yilda 20 nafar ilk qaldirg‘ochlar magistraturani bitirib chiqdi. 2003 yilda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha magistraturalar ochilib, ularning soni 16 taga yetdi.

Rektor: Kimyo fanlari doktori XAITBAYEV ALISHER XAMIDOVICH

Manzil: Farg'ona shahar, 150100, Murabbiylar ko'chasi, 19-uy

Telefon:  0 (373) 244-44-80

Faks: 0 (373) 244-44-58

Veb sahifa manzili: www.fdu.uz

E-mail: fardu@mail.ru

E-xat:  fardu@exat.uz