Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BANK XIZMATLARI MARKAZI ISH BOSHLADI

×

 2020-02-27 16:43:11    1109

PDF yuklash
Chop etish


“Agrobank” Uchko‘prik tumani filialiga qarashli ilk Bank xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazning ochilish marosimida tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini sifatli ta’minlash, aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish, ularga ko‘makdosh bo‘lish va chakana biznesning zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatishda bank xizmatchilari faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Tumanimiz markazidagi Navro‘z shoh ko‘chasida ish boshlagan markaz ilg‘or kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Ularda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalari markazdagi xizmatlar sirasiga kiradi.

Markazda 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar esa hudud aholisi hamda mehmonlariga haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, internet va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga qulay sharoit yaratadi.

Qayd etish joizki, “Agrobank” tomonidan bunday markazlar tumanimizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan. Albatta, bu kabi markazlar aholi uchun qulay, tezkor hamda ishonchli bank xizmatlarini ko‘rsatadi.