Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UYDA QOLING VA SOLIQ MAJBURIYATLARINI AMALGA OSHIRING!

×

 2020-04-05 14:10:23    974

PDF yuklash
Chop etish


Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish va yanada qulaylashtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “SOLIQ” mobil ilovasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Unda ko‘plab elektron soliq xizmatlari jamlangan.

Jismoniy shaxslar uchun:

·        soliqlarni to‘lash (er va mol-mulk soliqlari);

·        ish haqi to‘g‘risida ma’lumot olish;

·        STIRni aniqlash;

·        huquqbuzarlik haqida xabar berish;

·        soliq to‘lovchi haqida ma’lumot olish;

·        shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlari olish (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);

·        soliq organlari haqida ma’lumot olish;

·        chekni ro‘yxatga olish;

·        soliqni hisoblash kalkulyatori;

·        soliq ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumot olish.

YAkka tartibdagi tadbirkorlar uchun:

·        soliq organlari haqida ma’lumot olish;

·        shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlari olish (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);

·        soliq organi rahbari qabuliga yozilish;

·        soliq to‘lovchi haqida ma’lumot olish;

·        soliqni hisoblash kalkulyatori;

·        soliqni to‘lash (to‘lov topshiriqnoma yaratish, to‘lash, to‘lov topshiriqnomasi holati);

·        soliqqa oid tushuntirishlar olish;

·        soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish.

YUridik shaxslar uchun:

·        soliqni to‘lash (to‘lov topshiriqnoma yaratish, to‘lash, to‘lov topshiriqnomasi holati);

·        soliq hisobotlari holatini tekshirish;

·        soliq organlari haqida ma’lumot olish;

·        shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlari (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, ustama-penya);

·        solishtirma dalolatnoma shakllantirish;

·        soliq organi rahbari qabuliga yozilish;

·        soliq to‘lovchi haqida ma’lumot olish;

·        soliqni hisoblash kalkulyatori;

·        soliqqa oid tushuntirishlar olish;

·        QQS to‘lovchilari haqida ma’lumot olish;

·        soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish;

·        soliq nizolari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

SHu bilan birga, barcha turdagi foydalanuvchilar uchun soliq va majburiy to‘lovlarning to‘lov muddatlari to‘g‘risida xabar beruvchi “Taqvim” mavjud.

YANGI IMKONIYAT!

Jismoniy shaxslar shaxsiy kabinetiga Elektron raqamli imzo (ERI) yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) orqali kirishi mumkin.

 PINFLni pasportingizdan aniqlashingiz mumkin.

YAna bir qulaylik! Agar siz narxlarning sun’iy ravishda  oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, mobil ilova orqali bu haqda soliq organlariga xabar berishingiz mumkin.

Tolovlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalaning.

 Jismoniy shaxslar mol-mulk va er soliqlarini “SOLIQ” mobil ilovasi orqali to‘lashlari mumkin.

SHu bilan birga, Click, Payme, U-pay, Paynet va bank mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

YUridik shaxslar va  YAkka tartibdagi tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Buning uchun, “SOLIQ” mobil ilovasi orqali to‘lov topshiriqnoma shakllantiradi va to‘laydi. Ushbu to‘lovlar onlayn tarzda soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida qayd etiladi.