Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EKSPORTYOR KORXONALAR SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI

×

 2020-04-06 08:11:41    973

PDF yuklash
Chop etish


“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yangi tashkil etilgan “FER-INTERSTAR PLUS” unitar korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Bu erda bino, uy va boshqa inshootlarni pardozlashda qo‘l keladigan 13 turda folga-profillar tayyorlanadi. Ilgari xorijdan olib kelingan bu mahsulotlarga talab katta.

Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan korxona ichki bozor ehtiyojini qondirish bilan birga mahsulotlarini eksportga ham chiqarmoqda. Ayni kunda metallashtirilgan plyonka ishlab chiqarish borasida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Asosan qurilish, tibbiyot va oziq-ovqat tarmoqlari uchun nihoyatda zarur ushbu turdagi mahsulot liniyasiga 500 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya yo‘naltirilmoqda. Bu yana 20 ta yangi ish o‘rnini yaratish imkonini beradi.

— Hozir koronavirus pandemiyasi sharoitida butun dunyo karantinda qolishni xavfsiz va bu ofatga qarshi samarali usul deb hisoblamoqda. YUrtimizda ham bu borada qat’iy va natijador ishlar qilinayotganini ko‘rib, bilib turibmiz, — deydi unitar korxona rahbari Hayotjon Abdullaev. — Prezidentimizning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni xavotirga tushmay emin-erkin ishlash, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, sotish imkoniyatini bermoqda. Ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida berilgan imtiyoz va imkoniyatlar kuchimizga-kuch, g‘ayratimiz-g‘ayrat qo‘shmoqda. Ishlab chiqarish jarayoni to‘xtagani yo‘q. Ishchi-xizmatchilar belgilangan tartibda muhofaza qilingan.