Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI BOZORDAGI NARX-NAVO BILAN TANISHDI

×

 2020-04-16 11:38:22    1044

PDF yuklash
Chop etish


Uchko‘prik tumanida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralarining amal qilish davrida tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda ta’minlash hamda narx-navo barqarorligini saqlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev va sektor rahbarlari, Bosh prokuratura huzuridagi departament mutasaddilari tomonidan doimiy ravishda bozordagi narx-navolar ko‘zdan kechirilib, sotuvchilarga narx-navoni sun’iy oshirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 14 aprel kuni narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish maqsadida tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliev va sektor rahbarlari Dehqon bozorida, savdo do‘konlarida bo‘lib, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayni kundagi narxlari hamda zahiralari bilan tanishdi.

SHuningdek, tuman hokimi mutasaddilarga bozor hududida sanitariya-gigiena talablari asosida ish tashkil etish, bozor va savdo do‘konlarida tozalov-dezinfeksiya tadbirlari muntazam amalga oshirilishini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va asosiy turdagi mahsulotlar narxining sun’iy oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkor va xaridorlarga  targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.