Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“VELOMAX” BIR OYDA 2,5 MILLION DOLLARLIK MAHSULOT EKSPORT QILDI

×

 2020-04-16 11:40:56    1176

PDF yuklash
Chop etish


“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida “Velomax” mas’uliyati cheklangan jamiyati amalga oshirgan yangi loyiha uchun 1 million dollar mablag‘ sarf etilgan. Bu erda bolalar va kattalar uchun velosipedlar ishlab chiqarilmoqda. Mahalliy xom ashyo asosidagi bu mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda talab katta. 

YAngi loyiha mahalliy sharoitda 17 turda yuqori sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. SHu paytga qadar bu turdagi mahsulotlarning aksariyati xorijdan keltirilgan.

Korxonada bir vaqtning o‘zida 40 nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlangan. 

Joriy yilning dastlabki oyida korxonada 133,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksportga yo‘naltirilgan edi.

Ayni kunda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yana 48 ta istiqbolli loyiha ustida ish olib borilmoqda. Buning natijasida bir vaqtning o‘zida 5 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.