Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir

 2022-04-14 15:22:10    219

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli va yuqori saviyada o‘tkazilishida O‘zbekiston respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining  o‘rni  kattadir.  O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-sonli Qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolati quyidagilardan iboratdir:

ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

aholini ro‘yxatga olish dasturini va ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini ishlab chiqadi;

ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi;

ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi;

ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlash va yo‘q qilishni ta’minlaydi.