642025-04-25 22:33
Farg‘ona tumanida yoqilg‘i-energetika sohasida nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumanida idoralararo hamkorlikda navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Farg‘ona tumaniga biriktirilgan mas‘ul xodimi A.A. Mamataliev boshchilik qildi.
Tadbirda tuman idoralararo ishchi guruhi a‘zolari ishtirok etib, «Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari» mavzusida keng qamrovli muhokamalar olib borildi.
Yig‘ilishda tuman shtabi ishini samarali tashkil etish, energiya resurslarini iqtisod qilish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, energiyaning samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhlarining aniq vazifalarini belgilash, tuman energiya balansini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, energiya tejash bo‘yicha davlat dasturlari ijrosini ta‘minlash mexanizmlarini takomillashtirish kabi muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida mutasaddilarga joylarda nazoratni kuchaytirish, islohotlarni tizimli olib borish, mavjud muammolarni joyida hal etish va qaror ijrosini ta‘minlash yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish uchun mas‘ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



