442025-04-26 07:15
Farg‘ona tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi







O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta‘minlash, xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona tumanida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur tadbir Farg‘ona tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman Adliya bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida «Ayollar daftari»ning 6-bosqichiga kiritilgan 51 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilarga huquqiy maslahatlar berildi, ularning dolzarb muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Muloqotda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, kasb-hunar o‘rganish va bandligini ta‘minlash bo‘yicha ham zaruriy tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



