Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

532025-04-26 09:24

Farg‘ona tumanida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745641437907.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745641437985.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745641438264.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745641438272.jpg
Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan, Farg‘ona tumani hokimligi va tuman Tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida 13 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan xotin-qizlarning umumiy salomatlik holati tekshirilib, zaruriy maslahatlar va tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir xotin-qizlarning sog‘lig‘iga bo‘lgan e‘tiborni kuchaytirish, erta profilaktika va tibbiy xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Bunday amaliy tadbirlar “Ayollar daftari” mexanizmi doirasida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan tizimli yordamning amaliy ifodasi bo‘lib, ularning ijtimoiy himoyasi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz