Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1542025-06-11 20:27

Mohir pillakor rejani ortig'i bilan bajarishga bel bog'ladi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2090838478184600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2090838478186990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2090838478190575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2090838478192965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2090838478195355.jpg
So'x tumaniga bahor fasli Farg'ona viloyatining boshqa shahar-tumanlariga nisbatan bir oy kechroq keladi. Purviqor tog'lar orasida joylashgan tumanning tabiati, iqlimi ham o'ziga xos. Misol uchun, agar Farg'onada mirishkor dehqonlarimiz g'alla yig'im-terimiga bel bog'lashsa, So'x tumanida pillakorlar “ipak tola” yig'ishtirishiga kirishadilar. Bugun So'x tumanida davlatga pilla topshirish ishlari qizg'in pallaga kirgan. Tumanda ipakchilikning o'ziga xos maktabi yaratilgan desak, xato qilmagan bo'lamiz. Rahbaroy Sharipova mana bir necha yildirki, pillachilik bilan shug'ullanadi. “Har yili uyimizda pilla yetishtiramiz. “So'x” shirkat xo'jaligi va “Shohrux” ko'p tarmoqli fermer xo'jaligi ma'muriyatidan minnatdormiz. Chunki pillaning asosiy ozuqasi – tut bargini yetkazib berishda bizga yaqindan yordam berishadi. Shuningdek, pillachilikning ham o'ziga xos xususiyatlari bor. O'tgan yili ham rejamizni 200 foiz etib bajargan edik. Bu yilgi hosildan ham umidimiz katta”, - deydi biz bilan so'hbatda Rahbaroy—opa. Bugun pillakor xonadonida bir guruh ayollar – Rovon mahalalsidagi “Mehr ko'chasi”da yashovchi xotin-qizlar bilan pilla yig'im-terimi bilan band. Bu yili pillakorga 2 qutti pilla berilgan. Niyati bu yili ham rejani ortig'i bilan bajarish -“200 kilogrammdan ortiqroq pilla topshiramiz. Bunga ishonchimiz katta. Chunki pilla parvarishi bilan barcha 5 nafar kelinlarim ham band”, - deydi opa suhbatimiz davomida. Opaxonga tuman hokimligi xotin-qizlar bo'limi vakillari ham bugun yordamchi. Bugun So'x tumanida “ipak tola” yig'im-terimi ayni avjiga chiqqan palla. Bu mas'uliyatli ishda barcha pillakorlarimizga muvaffaqiyatlar yor bo'lishini istab qolamiz. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz