1622025-06-11 20:29
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda








Giyohvandlik asr vabosi. Respublikamizda ushbu illatga qarshi kurashish bo'yicha turli targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borilib, ipzkkr yo'nalishga doir turli loyihalarning tatbiq etilishiga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Respublikamizda iyunь oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi deb e'lon qilingan.
“Dolzarb 90 kun” loyihasiga kiritilgan mazkur tadbirlar bizning tumanda ham tizimli olib borilmoqda. Bugun So'x tumani hokimligi majlislar zalida mahallalar yettiligi ishtirokida giyohvandlik vositalarini tarqalishini oldini olish va ushbu illatga qarshi ko'rash bo'yicha joylarda tizimli ishlarni tashkil etishga doir ochiq muloqot o'tkazildi.
Mazkur ochiq muloqot davomida tuman hokimi o'rinbosari Ilhom Abdumajidov tomonidan targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish borasida mahalla yettiligining shaxsiy mas'uliyatini oshirishga doir zaruriy tushunchalar, topshiriqlar va ko'rsatmalar berildi. Ishtirokchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi filьm ham namoyish etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
17612024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
19462024-11-14 07:00
