1902025-06-11 20:29
So'x tumanida yoshlar ishtirokida ilg'or tajribalar asosida ishlarni tashkil etishga doir qilingan ishlar va rejalar

Tumanda pistachilik rivojiga dadil qadamlar qo'yilmoqda. Pistachilikni yo'lga qo'yish, ushbu sohani rivojlantirish va daromad manbaining asosiy drayveriga aylantirishga doir keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi va tuman prokurori tashabbuslari bilan ayni kunda mazkur sohani rivojlantirishga doir mahallalarda targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Malbut qishlog'ida bo'lib o'tgan uchrashuvda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan pistachilik va uning istiqbollari xususida keng ko'lamli ma'lumotlar yetkazildi.
Mazkur sohani rivojlantirishga doir amaliy ishlar “Agro Gold servise drop” MChJ tomonidan boshlangan bo'lib, loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 600 million so'mni tashkil etadi. Tumanda bu yili 300 000 ming dona pista ko'chati yetishtirish rejalashtirilgan bo'lib, loyiha ishga tushgandan so'ng 45 asosiy va 25 ta mavsumiy ish o'rinlari paydo bo'ladi.
Pista ko'chati asosan tog'oldi hududlarda yetishtirilishi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Tuman hududida 1 000 000 dona pista ko'chati yetishtirilishi ko'zda tutilgan.
Tumanda xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tadbirkorlik va ayniqsa, ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar qilinmoqda. Eron islom Respublikasidan tumanga kelgan investorlar tomonidan So'xda baliq yetishtirish uchun qulay muhit borligi ta'kidlangan.
Ayni kunda So'xlik tadbirkorlar tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash uchun ushbu yo'nalishda ishlar olib borilyapti. So'x daryosi qirg'oqlarida tadbirkor Ilhom Homidjonov tomonidan tashkil etilayotgan hovuzlar bunga misol bo'la oladi.
Bugun tadbirkor tomonidan forelь balig'i yetishtirish uchun maxsus beton hovuzlar barpo etilmoqda. Hovuzlardan 5 tasi 32x3 metr hajmda bitkazilib baliq boqishga tayerlandi.
Shuningdek, ushbu yo'nalishda tadbirkor, “FRESN FAREL" MChJ qo'shma korxonasi rahbari Olimjon Domulloyev tomonidan ham amaliy ishlar olib borilayotir. So'x daryosi o'zanida tadbirkorlar tomonidan qolgan hovuzlarning qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
Ilhom Abdumajidov – So'x tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
17652024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
19492024-11-14 07:00
