1372025-07-16 16:10
Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati







Quva tumanida ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida “Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash, qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash, milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matlubaxon Holmatova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adiba Zuxra Alieva, Tuman oqila ayollar harakati rahbari Teshaboyeva Matlubaxonlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida qiz bola — uyning nuri, ko‘ngilning shodu-xurrami, uning odobi, hayosi va ibosi — onasining tarbiyasidan darak berishi haqida so‘z yuritildi. Shu bois, har bir ona o‘ziga ibratli xulq-atvorni shior qilib, qiz farzandiga ham shu yo‘lni o‘rgatishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Matlubaxon Holmatova o‘z so‘zida har bir oilada tinchlik va totuvlik, hurmat va bag‘rikenglik muhiti onaning tarbiyasidan boshlanishi, shu sababli bu kabi ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Zuxra Alieva esa adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotida qaynona va kelin obrazining qanday aks etgani hamda ularning ma’naviy shakllanishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan amaliy tavsiyalar va ibratli hayotiy voqealar asosida “Onajonlar ibrati — qiz bor uyning ziynati” g‘oyasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tuman Qo‘rg‘oncha MFYda "Sayyor qabul" o‘tkazildi
6912025-07-03 15:41

Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasi Qarori yuzasidan Ochiq muloqot
7362025-07-03 09:49

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 2-bosqichi boshlanishi to‘g‘risida ...
10532025-07-01 15:14

Фуқаролик кодекси талаблари асосида янгидан шартнома имзоланди
10362025-07-01 14:38

"Strit bol" vorkaunt майдончаси қуриб берилди
8612025-07-01 14:35

Олтиариқ фарзандлари Президент эътиборида
8382025-07-01 14:33