1152025-07-16 16:42
Yoshlar bandligi yo‘lida navbatdagi amaliy qadam








Quva tumanida bitiruvchi yoshlar, ishsiz va og‘ir toifadagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga moslashtirish hamda kasbga yo‘naltirish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi.
Tumandagi “Mono markaz”da tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari, mahallalarda ro‘yxatda turgan ishsiz yoshlar hamda og‘ir toifadagi yoshlar ishtirok etdilar.
Yarmarka davomida turli korxona va tashkilotlar, xususiy sektor va tadbirkorlik subyektlari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Ishtirokchilar o‘ziga munosib bo‘lgan ish o‘rnini tanlab, joyida shu tashkilotlar vakillari bilan bevosita suhbatlashish va ishga joylashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida yoshlar “Mono markaz” faoliyati, xususan, kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bilan tanishdilar. Bu esa mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ishsiz yoshlarga mehnat qonunchiligi, mavjud imtiyozlar, davlat dasturlari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim yoshlar uchun amaliy yo‘llanmalar tayyorlanib, bandlikka oid masalalar yuzasidan joyida yechimlar taklif etildi.
Ushbu yarmarka Quva tumanida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qiluvchi muhim choratadbir bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
4922025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
4542025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
32502024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
34892024-11-14 07:00