1542025-07-16 20:25
Farg‘ona tumanida "Havaskorlar ligasi" voleybol musobaqalarining 3-bosqichi start oldi










Joriy yilning 16–17-iyulь kunlari Farg‘ona tumani 2-sonli sport maktabida “Havaskorlar ligasi” doirasida voleybol bo‘yicha 3-bosqich musobaqalariga start berildi. “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalar sportchilarning mahoratlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqalarda 1-mintaqaviy guruhlardan joy olgan Farg‘ona tumani, So‘x tumani, Farg‘ona shahri, Quva tumani hamda Quvasoy tumanidan kelgan sportchilar 2 ta yosh toifasida – 14–17 yosh va 18–30 yosh toifasida o‘zaro kuch sinashmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, tuman Ichki ishlar bo‘limi va tuman Yoshlar ishlari bo‘limi vakillari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladilar.
Hozirgi paytda musobaqalar qizg‘in davom etmoqda. Voleybolchilarning o‘yinlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Madaniyat xalq ichiga kirib bormoqda!
4482025-07-15 22:28



4442025-07-15 21:54

7582025-07-14 16:38