Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

562025-07-17 08:10

Barcha qulayliklarga ega, eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan yangi ma’muriy binoning foydalanishga topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601921340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601923730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601929705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601930900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601933290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601934485.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601934485.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2094502601934485.jpg
Mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlovini ta’minlash Qo‘riqlash xizmatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada tizim doimiy takomillashtirilib, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratib kelinmoqda. Qo‘shtepa tumani qo‘riqlash bo‘limining barcha qulayliklarga ega, eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan yangi ma’muriy binosining foydalanishga topshirilishi ham shular jumlasidandir. Tantanali ochilish marosimida Ichki Ishlar Vaziri o‘rinbosari general mayor Bekmurod Abdullayev, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev, Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari hamda tutash mahalla faollari ishtirok etishdi. Tantanali tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda Qo‘riqlash xizmati tomonidan xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishdagi yo‘nalishidagi tizimning alohida ahamiyati aytib o‘tishdi. Tadbirda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda fidokorlik ko‘rsatayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi. Shundan so‘ng, mutasaddi rahbarlar va mehmonlar tomonidan ramziy alvon lentalar qirqildi. Tashrif buyurganlar yangi binolardagi katta va yorug‘ xizmat xonalari, jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirib borish uchun tashkil etilgan sport zallari, barcha zaruriy tibbiy vositalar va anjomlar bilan to‘ldirilgan tibbiyot va ruhiy yengillik xonalari, ziyo maskani bo‘lmish kutubxonalar va merganlik mahoratlarini oshirish uchun elektron o‘q otish xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz