Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH SPORTCHILARNING YUTUQLARI E’TIROF ETILDI

×

 2020-02-20 15:37:32    1134

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, san’at va madaniyat maskanlariga jalb qilgan holda yoshlar qalbida san’atga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, yoshlarni sportga keng jalb qilish bo‘yicha beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Beshta muhim tashabbusning aynan ikkinchisi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularga yoshlarni va aholini keng qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish ko‘zda tutilgan.

SHu maqsadda tumanimizda maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli fan to‘garaklari qatorida sport to‘garaklarini ham kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat ushu federatsiyasi rahbari Baxtiyorjon Xoldorov boshchiligida faoliyat yuritayotgan sport klubi ham tumanimiz yoshlarining sevimli maskanlaridan biriga aylanib ulgurgan. Bugun mazkur sport klubida o‘nlab yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanib, mahalliy va xalqaro musobaqalarda sovrindorlar safidan o‘rin olishmoqda.

SHu munosabat bilan tajribali murabbiy Baxtiyorjon Xoldorovning bolalar sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va qo‘lga kiritayotgan yutuqlari e’tirof etilib, tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.

Sport klubi yoshlari uchun sport kiyimlari va anjomlari sovg‘a qilindi.